«prezident saylovlari» tegli maqolalar


Toshkentda Qozog‘iston prezidenti saylovida ishtirok etganlar 96 foizni tashkil qildi
20 noyabr 2022, 23:11

Toshkentda Qozog‘iston prezidenti saylovida ishtirok etganlar 96 foizni tashkil qildi

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida tashkil etilgan uchastkada 621 nafar saylovchidan 591 nafari ovoz berdi. Saylovda qatnashganlarning taxminiy ko‘rsatkichi 69 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, eng yuqori — Jetisu viloyatida, eng kami esa — Olmaotada — 28,7%. Ostonada esa 48,6% saylovchi ishtirok etdi.

«Qaysi uchastkaga borishni o‘zimiz hal qildik». Xalqaro kuzatuvchilar Qozog‘istondagi saylov jarayoni haqida
20 noyabr 2022, 19:21

«Qaysi uchastkaga borishni o‘zimiz hal qildik». Xalqaro kuzatuvchilar Qozog‘istondagi saylov jarayoni haqida

Qozog‘istondagi prezident saylovlarida qatnashayotgan xalqaro kuzatuvchilar, jumladan Falastin, Italiya, O‘zbekiston, AQSh, Kanada vakillari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Falastin elchisi qaysi uchastkaga borishni o‘zi hal qilganini aytsa, AQSh vakili norozilik namoyishlari bo‘lmaganini ta’kidladi.

Foto: Qozog‘istonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
20 noyabr 2022, 11:14

Foto: Qozog‘istonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Yakshanba tongida Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi boshlandi. Ilk saylov uchastkasi Tokioda ochildi, ovoz berish jarayonlari oxirgi bo‘lib San-Fransiskoda tugaydi. «Gazeta.uz» muxbiri poytaxt Ostona va Akmola viloyatidagi saylov uchastkalaridan fotoreportaj tayyorladi.

Qozog‘istonda prezident saylovi: 6 nafar nomzod, barchaga qarshi ovoz berish imkoniyati, 7 yillik muddat
18 noyabr 2022, 23:41

Qozog‘istonda prezident saylovi: 6 nafar nomzod, barchaga qarshi ovoz berish imkoniyati, 7 yillik muddat

Yakshanba kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu safar qozoq xalqida barcha nomzodga qarshi ovoz berish imkoniyati ham mavjud. Qozog‘iston davlat maslahatchisi Erlan Karin jurnalistlar bilan uchrashuvda muxolifatni «mazkur siyosiy o‘zgarishlarning hammuallifi» deb atadi.

MSK Shavkat Mirziyoyevni saylangan prezident deb e’lon qildi
29 oktabr 2021, 12:43

MSK Shavkat Mirziyoyevni saylangan prezident deb e’lon qildi

Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovi g‘olibi deb e’lon qildi. U ikkinchi muddatga qayta saylandi va deyarli 13 mln ovoz (80,12%) to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni esa 6,63% ovoz bilan Maqsuda Vorisova egalladi.

O‘zLiDeP nomzodi poytaxtdagi tirbandliklarni hal etish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi
19 oktabr 2021, 13:17

O‘zLiDeP nomzodi poytaxtdagi tirbandliklarni hal etish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi

Prezidentlikka O‘zLiDeP partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun ko‘chalarda 21 ta yo‘l o‘tkazgichlar, 6 ta metro bekati atrofida hamda markaziy ko‘chalarda 80 ta ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni taklif qildi. «Yo‘l harakatini „aqlli tartibga solish“ tizimi joriy etiladi», — dedi u. Ko‘chalarni ta’mirlashga esa 3,2 trln so‘m ajratilishi ta’kidlandi.

«Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman» — prezident
31 avgust 2021, 21:08

«Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman» — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlar ekan, bo‘lg‘usi prezident saylovlarida dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilayotganini ma’lum qildi. «Bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman», — dedi u.

«Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod ko‘rmayapman». Sodiq Safoyev — prezident saylovlari to‘g‘risida
4 mart 2021, 12:25

«Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod ko‘rmayapman». Sodiq Safoyev — prezident saylovlari to‘g‘risida

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 2021 yilgi prezident saylovlari oldingi yillarda o‘tkazilgan islohotlarga baho beruvchi referendum bo‘lishini aytdi. U davlat rahbari lavozimiga Shavkat Mirziyoyevdan boshqa loyiq nomzodni ko‘rmayotganligini ta’kidladi. O‘z o‘rnida, senator alternativ dastur va nomzodlarsiz «saylovlar to‘laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholanmasligini» bildirdi.

Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani demokratiya yo‘lida ekanligimizni anglatadi — Rasul Kusherbayev
18 fevral 2021, 12:37

Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani demokratiya yo‘lida ekanligimizni anglatadi — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani — bu demokratlashuvning ko‘rinishi ekanligini aytdi. «Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchiman degani fojea emas. Men xursand bo‘ldim. Vanihoyat, O‘zbekistonda ham qo‘rqmasdan, odamlar men prezident bo‘lishni xoylayman, deb erkin ayta olish darajasiga yetib kelibmiz. Bu bizning yutug‘imiz emasmi?» — dedi deputat. Kusherbayev bu prezident olib borayotgan siyosatining natijasi ekanligini ta’kidladi.

Qonunchilik palatasi saylov kunini ko‘chirishga nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi
25 yanvar 2021, 23:57

Qonunchilik palatasi saylov kunini ko‘chirishga nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi

Prezident saylovlari oktyabr oyiga ko‘chirilishi mumkin. Bunda 2021 yilgi saylovlar tahminan 24 oktyabrga to‘g‘ri keladi. Qonunchilik palatasi saylov kuni o‘zgarishitirilishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hujjat loyihasi bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Jahongir Otajonov prezident saylovlarida qatnashmoqchi ekanligini ma’lum qildi
20 yanvar 2021, 16:16

Jahongir Otajonov prezident saylovlarida qatnashmoqchi ekanligini ma’lum qildi

Sobiq xonanda Jahongir Otajonov O‘zbekiston prezidenti saylovlarida qatnashish istagi borligini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa, partiya tuzaman», — dedi u.

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi
6 avgust 2020, 14:18

Tojikistonda prezident saylovlari kuni e’lon qilindi

Tojikiston parlamentining qarori bilan 11 oktyabr mamlakatda prezident saylovlar kuni deb e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting